Ichki bilim bazasi
Hujjatlar va ma’lumot manbalarini yagona AI qidiruvga ulash.
UNIBO — korxona ichki tarmog‘ida ishlashga moslashtiriladigan, hujjatlar va bilim bazasi bilan ishlovchi private AI platforma. Ma’lumot sizda qoladi, nazorat sizda bo‘ladi.
Unibo yoqilgan bo‘lsa, savolingiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimga o‘tasiz. O‘chiq bo‘lsa, savolingizni qabul qilamiz va javobini yuboramiz.
Ishlab turgan Unibo tizimiga shu tugma orqali o‘tasiz — manzilni yozib olish yoki yodda saqlash shart emas.
UNIBO korxonadagi PDF, Word, Excel, reglament, yo‘riqnoma va boshqa bilim manbalarini AI bilan ishlatishga yordam beradi. Xodim oddiy savol beradi — UNIBO tegishli ichki ma’lumotni topib, tushunarli javob tayyorlaydi. Internetdagi umumiy javob emas, kompaniyangizning o‘z bilimiga tayangan javob.
Hujjatlar va ma’lumot manbalarini yagona AI qidiruvga ulash.
Foydalanuvchi savoliga kerakli kontekstni topib, javobni korporativ ma’lumot bilan boyitish.
Kompaniya terminlari, jarayonlari va tiliga mos model va promptlar.
Mavjud CRM, ERP, portal, helpdesk yoki boshqa tizimlarga API orqali ulash.
Hujjatlar orasidan kerakli ma’lumotni tabiiy tilda topish.
Xodimlar uchun doimiy savol-javob va ish yordamchisi.
Qisqartirish, taqqoslash, izohlash va matn tayyorlash.
Javoblarni korporativ manbalar va kontekstga bog‘lash.
API va ichki tizimlar orqali biznes jarayoniga kiritish.
O‘zbek, rus va ingliz kontenti bilan ishlashga moslashtirish.
Hujjat qidirishga ketadigan vaqt · takroriy savollar · bilimning ayrim xodimlarga bog‘lanib qolishi · tashqi AI servislariga ortiqcha ma’lumot yuborish zarurati.
Maxfiy ma’lumot bilan ishlaydigan va AI’ni o‘z nazoratida saqlamoqchi bo‘lgan tashkilotlar uchun.
UNIBO private yoki lokal infratuzilmada ishlaydi. Savol uch qatlamdan o‘tadi va javob kompaniyaning o‘z manbalaridan yig‘iladi — hech narsa tashqariga chiqmaydi.
Xodim savoli, hujjat yoki biznes vazifa shu yerdan kiradi.
RAG · LLM · rol va siyosatlar · API
Hujjatlar · bilim bazasi · CRM/ERP · ichki tizimlar
Pilotdan boshlaymiz: manbalar, xavfsizlik talabi va foydalanish ssenariylari bir suhbatda ravshan bo‘ladi. Birinchi konsultatsiya bepul.