01 · 17 · 25 · 31
Eng katta hajmli blok: layout va tuzatish (LO / LO-r) bosqichlari.
Uch xil ish bir joyda: agentlik uchun ochiq belgilangan konsept ishlar, yapon animatsiya studiyalari uchun layout ishlab chiqarish va o‘z original IP loyihalarimiz.
Keyingi ish aynan sizning brendingiz bo‘lishi mumkin: mahsulotni o‘rganamiz, g‘oya, vizual uslub va reklama videosini yaratamiz.
Shisha detali, premium yorug‘lik va 15 soniyalik ritm — xaridor hidni ko‘z bilan his qiladi.

Nom, qadoq, rang va ijtimoiy tarmoq tili — hammasi bitta ohangda gapiradigan tizim.

Koreya va O‘zbekiston uchun bitta mahsulot, ikki xil vizual til va bitta kampaniya kalendari.
Premium yorug‘lik, sekin harakat va detal: mahsulot ekranda “qo‘lga olinadigan” bo‘lib qoladi.
Brend xarakteri rang va muhit orqali aytiladi: matn kerak emas, kadr o‘zi gapiradi.
ISFORM jamoasi yapon animatsiya loyihalarida layout (LO) bosqichida ishlaydi: kadr kompozitsiyasi, kamera harakati, personaj joylashuvi va fon perspektivasi. Bugungi kunda 300 dan ortiq kadr topshirilgan.
Eng katta hajmli blok: layout va tuzatish (LO / LO-r) bosqichlari.
Qayta tekshiruvdan o‘tgan yakuniy variantlargacha olib borilgan kadrlar.
Studiyaga namuna sifatida topshirilgan kadrlar ham shu blokda.
Turli studiyalar uchun layout va qayta ishlash buyurtmalari.
Layout — kamera, kompozitsiya va personaj joylashuvi hal qilinadigan bosqich. Kadr qanday qurilishi shu yerda belgilanadi.








Brending, SMM, kontent yoki video — bir suhbatda nima kerakligi ma’lum bo‘ladi. Birinchi konsultatsiya bepul.