Talli · Family animation · Original IP

Mahalladagi oddiy kun — bolaning ko‘zida sarguzasht.

Talli — sho‘x, topqir va qalbi iliq besh yoshli bola. Uning olami orqali o‘zbek mahallasidagi mehr, hazil va kundalik hayotning sehri ko‘rinadi.

Format
2D animatsiya
Auditoriya
Bolalar va oila
Muhit
O‘zbek mahallasi
Holat
Rivojlantirilmoqda
01 — Talli olami

Qo‘shnilar oilaga aylangan joy.

Hovli, bozor, bayram va bolalik kashfiyotlari. Talli madaniyatni tushuntirmaydi — uni voqea, kulgi va samimiyat orqali his qildiradi. Shuning uchun subtitr bilan ham, ovozsiz ham ishlaydi.

Talli hovli sahnasi
02 — Vizual til

Mahalla — uchta muhit

Ko‘cha, hovli va bozor: Talli olamining uch asosiy sahnasi.

Talli ko‘cha sahnasi
Talli hovli sahnasi
Talli bozor sahnasi
03 — Character design

To‘rt qahramon, bitta mahalla.

Har bir personaj uchun rang palitrasi, kiyim detallari va yorug‘lik holatlari belgilangan — animatsiyaga tayyor varaqlar.

Talli dizayn varag‘i

Talli

Besh yoshli bosh qahramon — sariq to‘n, do‘ppi va to‘xtovsiz savollar.

Madina dizayn varag‘i

Madina

Opa: mahalladagi tartibni ushlab turadigan, ammo o‘yinni ham biladigan qahramon.

Karim bobo dizayn varag‘i

Karim bobo

Mahalla xotirasi — har savolga hikoya bilan javob beradi.

Moshi mushuk dizayn varag‘i

Moshi

Mushuk: gapirmaydi, lekin har epizodda o‘z rejasi bor.

04 — Animation ready

Ifodalar, pozalar va nisbat

Turnaround, ifodalar to‘plami va bo‘y jadvali — ishlab chiqarishga o‘tish uchun zarur bo‘lgan barcha qatlam.

Talli ifodalar to‘plami
Madina pozalari
Karim bobo pozalari
Talli turnaround chizmasi
Personajlar bo‘y jadvali
05 — Signal film

Ovozsiz teaser. Harakatning o‘zi gapiradi.

Qisqa rolik ovozsiz ko‘rishga mo‘ljallangan: saytga kirilganda sokin, avtomatik va takroriy ishlaydi — lentada ham xuddi shunday.

Keyingi qadam

Vazifangizni ayting — mos yo‘nalishni birga tanlaymiz.

Brending, SMM, kontent yoki video — bir suhbatda nima kerakligi ma’lum bo‘ladi. Birinchi konsultatsiya bepul.