Olam arxitekturasi
G‘oya, qahramon, konflikt va epizod tuzilmasi.
Studio original IP, qahramon va vizual olamlarni g‘oyadan xalqaro taqdimotgacha olib boradi. Buyurtma kutmasdan — o‘z hisobimizdan.

Do‘ppi va naqsh qo‘shib qo‘yish bilan milliylik bo‘lmaydi. Biz o‘zbek muhitini voqea ichiga joylaymiz — shunda Seulda ham, Berlinda ham tomoshabin tushunadi va his qiladi.

G‘oya, qahramon, konflikt va epizod tuzilmasi.
Character design, konsept-art, rang va sahna tili.
Storyboard, motion, 2D ishlab chiqarish va teaser.
UZ, KO, EN va RU tillarida pitch va portfolio.
Brending, SMM, kontent yoki video — bir suhbatda nima kerakligi ma’lum bo‘ladi. Birinchi konsultatsiya bepul.